Get Mystery Box with random crypto!

(Davomi) Mahsuldor Muslim kursi haqida savollaringizga javob | Productive school

(Davomi) Mahsuldor Muslim kursi haqida savollaringizga javoblar (2)

Savol: Bu kursda qatnashsak, boshqa kurslarimizga ulguramizmi, ko'p vaqt olmaydimi?

Yo'q, teskarisi inshaAlloh. ya'ni bu sizning boshqa sohalardagi samaradorligingizni oshirib beradi, Ularni qilish uchun energiyangizni oshiradi. Buning bir necha yo'llari bor:

Uyquingizni yanada tartibga soladi. Kam uxlab ham, barakali, sifatli uxlash yo'llarini oʻrganasiz

Bundan tashqari, insonda shijoat kuchli bo'lsa, kam uyqu ham kifoya qiladi. Mana shu shijoatni oshirasiz

Vaqtni umuman bekor o'tkazmaslikning yo'llari. Hatto charchaganda ham uni foydali o'tkaza olish, energiyani qayta tiklash yo'llari o'rgatiladi

O'rganish, ishlash samaradorligini oshirish yo'llari
Bu o'zimda ham yordam bergan. Bundan oldin, kitoblarni, manbalarni faqat tasodif bilan, qachon "yoqsa" o'rgangan, bo'sh vaqtlarimni yetarli samarali o'tkaza olmagan boʻlsam, keyin esa, buni ham tizimlashtirishni oʻrgandim. Va bu - odatga aylandi

Vaqtingizni tuzgan rejangizdek intizomli o'tkazish

Bundan tashqari, maqsadlarga tanqidiy qarash ham o'rgatiladi. Ya'ni siz keraksiz maqsadlardan qutulib, aqlli maqsad qo'ya olish orqali, hayotingizning bir necha yilini asrab qolishingiz mumkin

Savol: Xo'p , vazifalarchi, uLar ko'p bo'lmaydimi? Kitoblar berasiz, ularni o'qish uchun ham vaqt kerak

Yo'q, vazifalar ham ko'p bo'lmaydi. Kitob oʻqishga kelsak, hammasini audio shaklini beraman. Va ularni alohida vaqt ajratmay, yoʻllarda, ish qilayotganda eshitasiz. Va buni odatga aylantirasiz.
Lekin albatta, qoʻshimcha oʻrganish materiallari beriladi. Yaʼni qachon koʻproq vaqtingiz boʻlganida oʻz ustingizda koʻproq qoʻshimcha ishlashingiz uchun materiallar va manbalar beriladi

Ayniqsa bu, kelayotgan qishki taʼtilda juda as qotadi

Kursga qanday qoʻshilsak boʻladi?
@MM_admini ga yozish orqali. Shoshiling, kurs shu yakshanba kuni boshlanadi inshaAlloh