Get Mystery Box with random crypto!

Amerikaning Astroforge startapi asteroidlardan foydali qazilma | Pro_Texno

Amerikaning Astroforge startapi asteroidlardan foydali qazilmalar qazib olish va ularni Yerga yetkazishni o‘zlashtirgan birinchi kompaniya bo‘lishni rejalashtirmoqda. Startap o‘z loyihasini ishlab chiqish uchun allaqachon 13 million dollar mablag‘ olgan.

Startap asoschilari, sobiq SpaceX, NASA va Virgin Orbit muhandislari Matt Gialich va Xose Acain. Ular ochiq kosmosda materiallarni qayta ishlash uchun printsipial jihatdan yangi texnologiyani ishlab chiqdilar, ammo aniq tafsilotlar hali oshkor qilinmadi. Hozirgi vaqtda ma'lum bo'lgan narsa shundaki, texnologiya yuqori vakuumni talab qiladi va faqat nol tortishish sharoitida ishlaydi. Astroforge uni 2023-yilda Yer orbitasida namoyish qilishni va shu o‘n yillikning oxirigacha koinotdan minerallarni yetkazib berishni boshlashni va’da qilmoqda.

@Pro_Texno