Get Mystery Box with random crypto!

SMM nima va u qanday ishlaydi? Bu sohani tez va oson o’rganish | PRO SMM XIZMATI | Расмий канал


SMM nima va u qanday ishlaydi? Bu sohani tez va oson o’rganish mumkinmi?


SMM (Social Media Marketing) – ijtimoiy media marketingini anglatadi. Uning maqsadi – Telegram, Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy platformalardan biznes uchun mijozlarni jalb qilish hisoblanadi. SMM'ning yana bir muhim vazifasi – brend xabardorligini oshirish va obro‘yi ustida ishlashdan iborat.
Hootsuite ijtimoiy media boshqaruv platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda dunyo bo‘ylab 3,8 milliard faol ijtimoiy media foydalanuvchilari bor. Bu jami dunyo aholisining 49 foizini tashkil etadi. Masalan, Rossiyada 70 million, ya’ni aholining 48 foizi ijtimoiy tarmoqlarda faol. Bu – SMM mutaxassislari mamlakatning har ikkinchi aholisiga murojaat qilish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi.

https://t.me/Pro_smm_xizmati