Get Mystery Box with random crypto!

Yashnobod tumanidagi podstansiyada nosozlik yuzaga keldi. Ener | Эльмира Бекмуродова - Энергетика вазирлиги матбуот котиби

Yashnobod tumanidagi podstansiyada nosozlik yuzaga keldi. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev nosozlik bartaraf etilayotgan joyga yetib bordi

Bugun, 30-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Hosilot” podstansiyasida (ushbu podstansiya Mirobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi) nosozlik yuzaga keldi.

Buning natijasida, Mirobod tumanining Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzabod, Eski Otchopar va Oqbilol ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda avariyaga qarshi maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va elektr energiyasi ta’minoti tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

@minenergy_uz
@prminenergy