Get Mystery Box with random crypto!

​​Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mu | Эльмира Бекмуродова - Энергетика вазирлиги матбуот котиби

​​Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida Yoqilg‘i-energetika kompleksi xodimlari ham bor. Xususan:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
Abdurasulov Faxritdin Raupovich - «Uzbekistan GTL» masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Qashqadaryo viloyati;

Aytbayev Bahadir Yuldashovich - «Ustyurt qidiruv-burg‘ilash boshqarmasi» masʼuliyati cheklangan jamiyati burg‘ilovchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Yusupxujayev Saydiagzam Saydiumarovich - «Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» davlat muassasasi laboratoriya mudiri.

«Do‘stlik» ordeni bilan:
Pirnafasov Normat Xo‘jaboyevich - «Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi mashinisti, Xorazm viloyati;

Umarova Ilmira Turemuratovna - «Hududgaz Xorazm» gaz taʼminoti filialining markaziy dispetcherlik xizmati dispetcheri, Xorazm viloyati.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:
Ajiniyazov Baypolat Joldasbayevich - «Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali bosh mexanigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Nurmatov Baxtiyоr Nazirovich - «Angren issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining 2-qozon-turbina sexi mashinisti, Toshkent viloyati;

Raximberdiyev Xakberdi Xalikberdiyevich - «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining elektr sexi chilangari, Sirdaryo viloyati;

Tuxtayev Yori Qurbonovich - «Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining sex smena boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati;

Fayziyev Alisher Raxmatovich - «Enter Engineering Pte. Ltd.» kompaniyasining ishlab chiqarishga tayyorlash bo‘limi boshlig‘i;

Hamrakulov Dilshod Begimkulovich - «Farhod gidroelektrstansiyasi» unitar korxonasining smena boshlig‘i, Sirdaryo viloyati.

«Shuhrat» medali bilan:
Asatova Laylo Safarovna - Kogon tumani gaz taʼminoti bo‘limining gaz uskunalarini taʼmirlash xizmati chilangari, Buxoro viloyati;

Kuchkarov Akram Urazbayevich - «Angren ko‘mir koni» filialining 16-konveyer transporti uchastkasi mashinisti, Toshkent viloyati.

@minenergy_uz
@prminenergy