Get Mystery Box with random crypto!

Koʻplab obunachilarimizdan kanallarga (pullik va ochiq) testla | Prezident maktablariga tayyorgarlik

Koʻplab obunachilarimizdan kanallarga (pullik va ochiq) testlar kam tashlanayotganligi, kanalda faqat nazariy maʼlumotlar berilayotgani haqida shikoyatlar tushayapti.

Hozir mening qoʻlimda oʻzim turli maqsadlar uchun tuzgan Prezident maktablariga kirish imtihoniga mos 500 ga yaqin test toʻplangan. Har 2 haftada bir marta Sardor Bozorboyevning khiso.uz saytidagi imtihonlar uchun 30-40 ta yangi test tuzaman. Bularni istalgan vaqti kanalga tashlashim mumkin. Lekin bundan sizga foyda boʻladimi?

Prezident maktablariga kirish imtihonidagi savollarni yodlab oʻrganishdan foyda NOL! Kimdir iloji boricha koʻp test ishlab imtihonga tayyorlanaman deb oʻylasa, u juda adashadi. Prezident maktablari har bir testi aniq tushunish, toʻliq tahlil va vaziyatni baholash koʻnikmasini talab qiladi. Bu vaziyatda nazariy maʼlumotlarni 101% oʻzlashtirib boʻlmaguncha testlarni yechib boshlash zarar boʻlsa boʻladi, aslo foyda boʻlmaydi.

Shuning uchun sizni ishontirib aytaman, hammasi hisobga olingan, aniq reja asosida ish olib borilayapti, tashvishlanishga hojat yoʻq.


P.S. Kenguru testlariga oz qolgani uchun rejamizda oʻrin almashtirish boʻlgan, hozir koʻproq eʼtiborni Kenguru testlariga berayapman. Lekin asosiy reja boʻyicha ham hozirgi tashlanayotgan materiallarni ishlash rejamda bor edi, faqatgina ularning ketma-ketligida biroz oʻzgarish boʻldi. Kenguru testlari boʻyicha materiallarning bir qismi tayyorlanib boʻlgach, qolgan yoʻnalishdagi nazariy maʼlumotlarimizga ham toʻliq kuchda qaytamiz!