Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum azizlar! Mana, Kenguru testlariga tayyorlov | Prezident maktablariga tayyorgarlik

Assalomu alaykum azizlar!

Mana, Kenguru testlariga tayyorlov kanallarimni eʼlon qilib, yoʻqolib qolganimga ham 10 kun boʻlibdi. Gap shundaki, Kenguru testlariga tayyorlov boʻyicha aniq tizimli dastur topilmadi, hattoki ingliz, rus va turk tillaridagi resurslarda ham toʻgʻridan-toʻgʻri ishlatsa boʻladigan resurs uchramadi. Shu sababli tayyorlov rejasini noldan tuzishga toʻgʻri keldi.

Kenguru testlarining boshqa testlardan farqi u oʻquvchilardagi Blum taksonomiyasi piramidasida yuqorida joylashgan tahlil, sintez yoki baholash kabi koʻnikmalari sinovdan oʻtkazadi. Bu koʻnikmalarni shakllantirish shunchaki misol ishlash yoki qoida yodlatish bilan amalga oshirilmaydi. Bunda oʻquvchi xarakteri bilan ham ishlash talab qilinadi.

Hozir shu mavzulardagi ilk videolarni yozishni boshladim, bizdan uzoqlashmang.