Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum azizlar. Vaʼdaga koʻra, ertadan kengaroo te | Prezident maktablariga tayyorgarlik

Assalomu alaykum azizlar.

Vaʼdaga koʻra, ertadan kengaroo testlariga tayyorlov boʻyicha kurslarimiz ishga tushadi. Hozir kanal uchun birinchi materiallar tayyorlanish jarayonida, tez soatlarda hamma narsa tayyor boʻladi.

Kanal boʻyicha savollar koʻpaygani sababli eslatib oʻtaman:

"Kangaroo testlariga tayyorgarlik" kanalida asosiy eʼtiborni kangaroo testlarini yechishga qaratmayman. Mening asosiy maqsadim, bolalarga test yechishni oʻrgatish emas, ularga bilim va tushuncha berish. Kanalda iloji boricha oʻquvchida bu kabi testlarni yechish uchun kerak boʻladigan bilim, koʻnikma va eng asosiysi, fikrlash tarzi hosil qilishga harakat qilaman.

Albatta, kanalda kangaroo testlari boʻladi, faqat ular mavzuni tushuntirish uchun namuna sifatida ishlatiladi. Toʻgʻridan toʻgʻri testlarni faqat imtihonga 1-2 hafta qolganda berib boshlash rejalashtirilgan.