Get Mystery Box with random crypto!

Soʻrovnoma natijalari juda qiziqarli boʻldi Pullik kanal oc | Prezident maktablariga tayyorgarlik

Soʻrovnoma natijalari juda qiziqarli boʻldi

Pullik kanal ochilishi tarafdorlari va qarshilar deyarli teppa-teng boʻldi.

Xoʻp, bitta odam uchun qiziqarli boʻlsa ham, tashkil qilamiz.

Kangaroo matematika olimpiadasi yoʻnalishida tashkil qiladigan kanalda faqat kangaroo matematika olimpiadasi savollarini yechish haqida emas, koʻproq bunday olimpiadalarda qanday savollar tushishi, har bir turdagi savollarni yechishda nimalarga eʼtibor berish, qanday ketma-ketlikda ishlash kerak degan maʼnoda maʼlumotlar berib borish niyatidaman.

Prezident maktablariga tayyorlanish uchun moʻljallangan "UstozUZ onlayn maktabi" kanali aʼzolari bu yangi kanallarga ulanishi shart emas, "UstozUZ onlayn maktabi" kanalida Kangaroo imtihoniga tayyorgarlik kanaliga tashlangan hamma maʼlumotlar berilib boriladi.


Hozircha, Kangaroo yoʻnalishida 2 ta kanal ochish niyatidaman: 3-4 sinflar uchun va 5-6 sinflar uchun alohida kanallar. 3-4 sinflar uchun moʻljallangan kanal uchun ulanish narxi 30 000 soʻm boʻladi, 5-6 sinflar uchun 40 000 soʻm. Agar talab boʻlsa, boshqa sinflar uchun ham kanallar ochishim mumkin. Kanal faoliyatini 2 fevral kunidan ishga tushirish niyatidaman.


Hozircha shu! Yaxshi qoling!