Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga tayyorlov

Telegram kanalining logotibi prmaktab — Prezident maktablariga tayyorlov P
Telegram kanalining logotibi prmaktab — Prezident maktablariga tayyorlov
Kanal manzili: @prmaktab
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.62K
Kanalning ta’rifi

🔷Prezident maktabiga tayyorgarlik uchun savollar va repetitsion testlar
🔷Prezident maktabi yangiliklari
🔷Prezident maktabiga tayyorlov kurslari
Guruhimiz: @prmaktabguruh
Murojaat uchun: @inspiringschool
🇺🇿 Prezident ishonch bildirgan maktabda o'qi!

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-31 19:06:31
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Samarqand_Prezident_maktabi

"QIZIM ERTALAB SOAT 6 DAN TURIB DARS QILARDI..."

Alisher Boyqo'ziyev - haydovchi, Zilola Boyqo'ziyeva esa kichik tibbiyot xodimi. To'rt farzandning ota-onasi Samarqand viloyatining Payariq tumanida istiqomat qilishadi.

Oilada to'rtinchi farzand bo'lgan Sabrina Sherqo'ziyeva Samarqand shahridagi Prezident maktabining 5-sinfida tahsil oladi.

Kanalga ulanish https://t.me/SamarqandPM

Telegram | Instagram | Facebook
2.1K views16:06
Ochish/sharhlash
2022-09-28 13:12:03
16:00 05.09.2022
Muhammadsodiqdan intervyu olingan dastur Sevimli telekanalida ham namoyish etilgan

Tez orada INSPIRING jamoasi ham undan kichik uka-singillari uchun foydali bo'ladigan suhbat tashkil etish niyyatida

PREZIDENT MAKTABLARI: BIRINCHI DARS, KATTA ORZULAR

#Toshkent

muxbir: Charos Lutfullayeva

Yosh iqtidorlar markazi: @inspiringuz
1.6K views10:12
Ochish/sharhlash
2022-09-28 13:12:03
Maqbulov Muhammadsodiq

Toshkent shahridan, ushbu yilda u Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 2-o'rinda 87,5 ball bilan qabul qilindi
INSPIRING SCHOOL ga kelishdan avval Muhammadsodiq hech qanday maxsus kurslarda tayyorgarlik ko'rmagan.

Qiziquvchan, chuqur analitik fikrlash qobilyatiga ega bo'lgan Muhammadsodiq har qanday vaziyatda ham o'z fikrini olg'a suradigan, xatolardan xulosa chiqarib faqat olg'a intiluvchanlik kabi hislatlari bilan markaz jamoasi yodida qolgan

Kurslarimiz siz uchun qiziqarlimi?
Bizga bog'laning!

+998712780797
@Inspiringschool

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Instagram|Telegram|Facebook|Natijalar
1.5K views10:12
Ochish/sharhlash
2022-09-19 17:43:32 Bugun kanalimizda CRITICAL THINKING (tanqidiy fikrlash ) testi bo'lib o'tadi!!

Prezident va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilarni hamda matematikaga qiziquvchi barchani kanalimizda o'tkazilayotgan testlarga taklif qilamiz

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi.

CRITICAL THINKING ( tanqidiy fikrlash) TESTI bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

https://t.me/piimatestts
3.6K views14:43
Ochish/sharhlash
2022-09-10 19:34:28
#Fakt
#Hisobot
#Tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O'QUVCHILARI ERISHGAN YUTUQLAR

Agentlik tizimida 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktab - Muhammad al Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat yuritmoqda.

Jumladan:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 48 nafar bitiruvchisi xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

Bitiruvchilarimiz xorijiy universitetlardan umumiy hisobda 10 mln AQSh dollardan ziyod miqdoridagi xalqaro va mahalliy grantlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur maktabda 100% lik natija ko‘rsatilib, bitiruvchilarning barchasi mahalliy hamda xorijiy OTMlarning talabalariga aylanishdi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 29 nafar bitiruvchisidan 23 nafari xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

Bitiruvchilarimiz xorijiy OTMlardan umumiy hisobda 6 mln 141 ming 700 AQSh dollari miqdoridagi xalqaro grantlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur maktabda 100% lik natija ko‘rsatilib, 29 nafar bitiruvchilarning barchasi mahalliy hamda xorijiy OTMlarning talabalariga aylanishdi.

Shuningdek, maktabning 2 nafar bitiruvchisi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohiblariga aylanib, AQSHning nufuzli oliygohlariga o‘qishga jo‘nab ketishdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilaridan 54 nafari (94%) oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi.

Ulardan 10 nafari xorijiy OTM lardan umumiy hisobda 209 ming 388 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grantlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur maktab o'quvchilari joriy yilda nufuzli xalqaro olimpiadalarda jami 10 ta medal sohibiga aylanishdi.
2.8K views16:34
Ochish/sharhlash
2022-09-06 20:05:05
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Биринчи_қўнғироқ

HUDUDLARDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda yangi o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlaridan fotoreportaj.
____________
Fotolavhalarda:
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi,
Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi,
Xorazm viloyatining Xiva shahar, Tuproqqal'a, Bog'ot, Yangibozor, Yangiariq, Xazorasp tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilish tadbiridan jarayonlar aks etgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
923 views17:05
Ochish/sharhlash
2022-09-06 13:18:09 Assalomu alaykum. Kanalimizga obuna bo'lgan o'quvchilar.

Bizning ushbu kanalni yaratishimizdan maqsad: Sizlarni aynan Prezident va Al-Xorazmiy maktablari formatidagi testlarimiz bilan bilimlaringizni yana ham mustahkamlash va shu bilan birgalikda sizlarning o'rtangizda sog'lom raqobat muhitini shakllantirish.

Xabaringiz bor Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga sanoqli o'quvchilarni qabul qilishadi. Bu degani kim zo'r bilimga ega bo'lsa o'sha o'quvchi ushbu maktablarda o'qishi mumkin.

Shu sababli imtihon muhitini hozirdanoq his qiling.

Talablar: Siz biz yuborgan testni berilgan vaqt davomida o'zingiz mustaqil yechib, @TestStatistikbot bot orqali javoblaringizni yuborasiz. Biz esa sizga test natijangizni aniqlab beramiz.

Test natijalari Prezident va Al-Xorazmiy maktablari formatida e'lon qilinadi.

Va eng oxirida test topshirgan har bir o'quvchining hududlar kesimidagi egallab turgan o'rni bo'yicha UMUMIY STATISTIKA sini shu kanalda e'lon qilamiz.

Testlarimiz haftada 2 marta o'tkaziladi. Kuni va vaqti kanalda alohida e'lon qilinadi.

Testda qatnashish ixtiyoriy.
@piimatestts
1.7K viewsedited  10:18
Ochish/sharhlash
2022-09-04 08:32:00
Ахборот 24 | Тошкент шаҳридаги Президент мактабида «очиқ эшиклар» куни ўтказилди
#3sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
1.1K views05:32
Ochish/sharhlash
2022-09-03 11:18:56
#Prezident_maktablari
#Ochiq_eshiklar_kuni

Bugun, 3-sentabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

Unda 2022-2023-o'quv yilida mazkur maktabga o'qishga qabul qilingan o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Yig'ilganlarga maktabda yaratilgan sharoitlar, o'quvchilar amal qilishi lozim bo'lgan qoidalar va o'qitish tizimi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, maktab ma'muriyati tomonidan o'quvchilar uchun ekskursiya tashkil etilib, ular muassasa hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
6 views08:18
Ochish/sharhlash
2022-09-01 11:57:15
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!

Prezident maktablariga tayyorlov maxsus kanali: @prmaktab
1.1K views08:57
Ochish/sharhlash