Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktabida o'qishni xohlayman, harakatni nimadan bosh | Prezident maktablariga tayyorlov

Prezident maktabida o'qishni xohlayman, harakatni nimadan boshlashim kerak?

Barchaning xabari bor Prezident maktablariga bu yil respublika bo'yicha faqat 5-sinfga o'quvchilar qabul qilinadi

Avvalo, Prezident maktabi imtihonlarida qatnashishda talabgorlarning STEAM fanlaridan yillik baholari 5 (a'lo) bo'lishi kerak
STEAM fanlari:
MATEMATIKA
TABIATSHUNOSLIK

Aniq maqsadni o'z oldingizga qo'ying
O'zingiz aniq nimani xohlayotganingizni bilib oling, Prezident maktabiga kirishni chin yurakdan xohlaysizmi? unda harakatni boshlang. Manzilni ko'rib turgan yo'lovchi doim manzilga o'z vaqtida adashmay yetib oladi
Atrofingizdagilarning gaplariga e'tibor bermang, maqsadingiz sari jadal intiling

Tayyorgarlik uchun kerakli manbaalarni to'g'ri tanlash
Tayyorgarlik masalasiga kelganda faqat maktab dasturiga suyanib qolmay turli manbaalardan keng foydalanish tavsiya etiladi
Mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi savollar, bolani mustaqil fikrlashga undovchi savollar bilan ishlash ayni muddao

Siz ota yoki onamisiz?
Amaliyotda shu paytgacha Prezident maktabiga qabul qilingan o'quvchilarning barchasi darslarini tayyorlashda ota-onalaridan juda katta ko'mak olishgan. Siz ham farzandingiz bilan baravar dars tayyorlashingiz, unga kelkama-yelka turib ko'makchi bo'lishingiz kerak
-Qiyin deysizmi? Ha shunday, ammo buning mevasi shirin bo'ladi

Darslarda muntazamlikni ta'minlash
Har qanday vazifa ham muntazam ravishda bajarilsagina o'z mevasini beradi, siz ana shu muntazamlikni ta'minlang

Tayyorgarlik uchun yangi mavsum boshlanmoqda, Hammasini avval boshidanoq mukammal yo'lga qo'yib olsangiz, bu mashaqqatli ammo mevasi shirin safardan ko'zlangan maqsadga erishasiz, bu yo'lda sizga omad!

Respublika bo'ylab Prezident maktablariga tayyorlov maxsus kanali:
@prmaktab

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram|Instagram|Facebook|You Tube