Get Mystery Box with random crypto!

​​Sindi. Sinmaydi, deb o‘ylagan edim... falak, Tindi. Tinmay | Shaxsiy blog

​​Sindi. Sinmaydi, deb o‘ylagan edim...
falak,
Tindi. Tinmaydi, deb o‘ylagan edim...
yurak.

Yetdi. Yetmaydi, deb o‘ylagan edim...
yo‘llar,
Ketdi. Ketmaydi, deb o‘ylagan edim...
yillar.

Qoldi. Qolmaydi, deb o‘ylagan edim...
ko‘nglim,
Oldi. Olmaydi, deb o‘ylagan edim...
tangrim.

Alibek Anvariy

#MooN | @oyning_olami