Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik #Angliya Portsmut universiteti (Angliya) | Prezident ta'lim muassasalari haqida

#Xalqaro_hamkorlik
#Angliya

Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo'limi boshlig'i Endryu Makkol Jizzax shahridagi Prezident maktabida bo’lishdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilar bilan uchrashib, maktab hayoti hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Milliy cholg'ularni professional darajada chalayotgan o'quvchilar Portsmut universiteti vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube