Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar diqqatiga! Prezident ta'lim muassasalari agent | Prezident maktablari

Abituriyentlar diqqatiga!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetida o'qish istagini bildirgan abituriyentlarimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda...

QABUL jarayonlari MUDDATI UZAYTIRILDI.

Hujjatlar qabuli shu yilning 30-IYUN kuniga qadar DAVOM ETADI.

Sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

Pasport
yoki ID karta elektron nusxasi
Umumiy o‘rta ta'limni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta'lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma'lumotnoma)
IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 6.0) yoki
TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original SERTIFIKATIning elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi);
Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 RASM

Arizalar joriy yilning 30-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.