Get Mystery Box with random crypto!

LISTENING Bu section uchun har kuni podcast'lar eshitaman (yo' | Kamilova's 8

LISTENING
Bu section uchun har kuni podcast'lar eshitaman (yo'lda yurganimda, ovqatlanayotganimda). Bir kun practise qilaman. Ikkinchi kuni esa o'sha qilgan practise'imni maydalab analiz qilaman. Ichidan yaxshi yaxshi vocabulary/collocation olaman speaking uchun. Shunda, 1oyda 15ta practise, 15ta analiz bo'ladi umumiy hisobda.

READING
Har kuni bitta article o'qiyman (1soat). O'qiganda ham shunchaki o'qish emas. Article'llarni ichida juda zo'r so'zlari bo'ladi writing uchun ham speaking uchun ham. Keyin, idealarini olishga arziydi. Retell qilib bersayiz nur ustiga a'lo nur (o'zim doim shunaqa qilaman). Xop, keyin bitta practise test. Buni ham keyingi kuni analiz qilaman. Shunda 15ta practise, 15ta analiz bo'ladi.

WRITING
Avvalo, Simon'ni yozgan essaylarini analiz qilaman. Keyin o'zim ham yozib ko'ramanda uniki bilan solishtiraman. Yanvar oyidan boshlab har kuni task 1 report, task 2 essay yozaman.

SPEAKING
Bu uchun eshitgan podcastlarimni, o'qigan article'imni retell qilaman avval. Keyin esa app'dan 2ta topic olib part 2 va part 3 savollariga zo'r qilib tayyorlanaman.

Endi o'zimga va'da berdim. Bir kunda 8soatdan kam uxlamiman (buni inson sog'ligi uchun qanchalik zarurligi haqida o'qidim). Dars qilish soatim esa bir kunda 8-10soat atrofida bo'ladi, shundan kam ham emas, ko'p ham emas. Keyin, har kuni 1soatlik sayr ham bor:) bu ham sog'likka foydali, fikrlarni tiniqlashtiradi, insonni optimist qilib, productivityni oshiradi. Kitoblar o'qish ham bor albatta daily planda. To'g'risi, faqat IELTSga yopishvolib faqat shu bilan cheklanishni yomon ko'raman.

Listening uchun 2soat.
Reading 2soat.
Writing 3soat.
Speaking 3soat.
Xuddi shu tartibda ketadi. Listening va readingga kam vaqt ajratganimni sababi o'zi ular menda 8+ bo'lib bo'lgan. Faqat har doim practise, analiz qilib borsam 9ga ham chiqvolamiz. Asosiy urg'uni writing speakingga berib, ularni kuchaytiramiz. Ayniqsa, writingni.

Bu kelayotgan yangi yildan boshlaydigan yangi study plan'im.