Get Mystery Box with random crypto!

5 marta o'qilishi kerak bo'lgan asar! Rus adabiyotida agar mu | Premium Content

5 marta o'qilishi kerak bo'lgan asar!

Rus adabiyotida agar mulohaza qilinsa, doim ikki yozuvchidan birining badiiy asarlari haqida bo'ladi. Bular Dostoevskiy va Tolstoy deb bilaman. Ya'ni siz albatta yo "Jinoyat va jazo" yo "Telba" yo "Urush va tinchlik"dan birini o'qigan bo'lishingiz kerak.

O'zbek adabiyotida ham aynan romanchilik sohasi haqida so'z borganda, Qodiriydan gap boshlanadi. "O'tgan kular"dan boshlanadi hammasi.
Rostan ham hamma o'qishi kerak bo'lgan asar.

Qodiriy o'zining bu asari haqida: «Bu kitobni 5 marta o'qish kerak deb aytadi». Rostan ham shunday. Chunki unda ishlatilgan majozlar juda ham ko'p va katta tarixga ega. Nega bilasizmi?

Rahmatli Chustiy domla o'zining "Indamaslar olami"ni yozganda, shunday degan edi: "Meni shu paytgacha yozganlarim, aynan shuni yozish uchun mashq edi" — degan edi. Bo'lmasam qancha g'azallari qo'shiq bo'lgandi. Qodiriy ham, "Mehrobdan chayon" haqida uncha gapirmagan. Chunki unda gapiradiganlari aniq bir voqea orqali bo'lgan lekin bunda unday emas. To'kib, sochgan hamma gaplarini.

Hozirgi kunda, qanaqadur motevatsiya yoki zamonaviy emotsiyalar bilan to'lgan kitob javoni shunday "shoh" asarlarga muhtoj. Zerikdik, qanaqadur "New York Times bestselllerlaridan".

Nega Bedil, Mavlono Rumiylarni asarlari haligacha odamlar tilida. Chunki ular zohiri ham, botini kuchli va chuqur ma'noga ega asarlar yozishgan. Aynan Qodiriyning bu asari ham shular qatorida ekanligiga shubham yo'q.

Sizchi, "O'tkan kunlar"ni o'qiganmisiz?

P. S. Asar mazmunida haqida biror video yoki maqola qilishga harakat qilaman. Va'da

@premium_con