Get Mystery Box with random crypto!

3-dars Theme: 'To be' (am/is/are) fe'lining inkor shakli To | Ingliz tili Prezident maktabiga tayyorgarlik

3-dars
Theme: "To be" (am/is/are) fe'lining inkor shakli

To be fe’lining hozirgi zamondagi bo‘lishsiz shakli «to be» fe’lining tegishli shakli (am/is/are) dan keyin "not" inkor yuklamasini qo‘yish orqali yasaladi:
Masalan:

Birlik
I am not
I am not a child - Men bola emasman
He is not
He is not hungry - U och emas (o'g'il bolaga)
She is not
She is not a foreigner - U chet ellik emas (qiz bolaga)
It is not
It is not a table - U stol emas (jonsiz narsa-buyumga)

Ko‘plik
We are not
We are not tired - Biz charchagan emasmiz (charchamadik)
You are not
You are not tired - Siz charchagan emassiz (charchamadingiz)
They are not
They are not tired - Ular charchagan emaslar (charchamaganlar)

Eslatma: Am/is/are va not so'zlari muloqotda o'zidan oldingi ba'zi turdagi so'zlarga qo'shilib, qisqartirib aytilishi mumkin:
I'm (I am), he's, she's, it's, we're, you're, they're, isn't, aren't va hokazo.

E'tibor bering: Ingliz tilida "you" so'zi sen va siz ma'nolarida keladi. Ya'ni inglizlarda sen va siz deyish uchun alohida-alohida so'zlar ishlatilmaydi.

Yangi so'zlar:
Child - Bola
Foreigner - chet ellik, chet el fuqarosi
Tired - charchagan, holdan toygan
Hungry - och qolgan, qorni och
Table - Stol

Source: @inglizcha_testlar_kanali

@pr_maktab_English Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!

Join and share!
https://t.me/ing_tilini_organamiz