Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari! “Humo Arena” muz sar | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!

“Humo Arena” muz saroyi va unga tutash hududda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi:

2024-yil 13-yanvar kuni soat 13:00 dan 14-yanvar kuni soat 11:00 gacha:

• Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

2024 yil 14-yanvar kuni soat 06:30 dan 11:00 gacha:

• Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari.