Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli Toshkent shahri aholisi! So‘nggi paytlarda ijtimoiy | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Hurmatli Toshkent shahri aholisi!

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholidan isitish mavsumi boshlanishi bilan bog‘liq bir-biriga qarama-qarshi fikrlar ko‘paymoqda.
Maʼlum qilamizki, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini maʼlum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi. Isitish mavsumining boshlanishi jiddiy jarayon bo'lib, biz bunga bor mas'uliyatimiz bilan yondashamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.

Toshkent shahri aholisidan vaziyatga to‘g‘ri baho berib, sabr qilishlarini so‘raymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilamiz.

Уважаемые жители города Ташкента!

В последнее время в социальных сетях много противоречивой информации от жителей по поводу начала отопительного сезона.
Сообщаем вам, что отопительный сезон начинается по решению хокима города Ташкента после получения информации от Агентства гидрометеорологической службы с рекомендацией начать отопительный сезон с определенного числа. Запуск отопительного сезона серьёзный и трудоёмкий процесс, и мы подходим к нему со всей ответственностью.

Согласно Постановлению КМ РУз №194 от 15.07.2017 года «Об утверждении правил оказания услуг», отопительный период должен начинаться со дня, следующего за днем окончания 5-дневного периода, в течение которого среднесуточная температура наружного воздуха ниже 8 градусов, а заканчиваться — выше 8 градусов.

Просим жителей Ташкента проявить понимание и терпение, и сообщаем, что отопительный сезон начнётся в ближайшие дни.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin