Get Mystery Box with random crypto!

Issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o'tkazish muddatlarin | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o'tkazish muddatlarini uzaytirish

Hurmatli Toshkent aholisi!

«Toshkent issiqlik markazi» MChJda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari va ular bilan bog‘liq issiq suv ta’minotidagi uzilishlar munosabati bilan issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish muddatlarini uzaytirmoqdamiz.

Sinovlar 2023-yil 3-iyuldan 22-sentabrgacha
issiq suv taʼminotini oʻchirmasdan oʻtkaziladi.

Avval xabar berganimizdek, isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish doirasida quvurlardagi nuqsonlarni aniqlash va ularni keyinchalik bartaraf etish maqsadida sinovlar o‘tkazilmoqda.

Sinov paytida quvurlarga zarar etkazilishi, issiq suvning yo'llar va yo'laklarga oqishi ehtimoli bor. Haydovchilar, piyodalar hamda maʼmuriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan ehtiyot boʻlishlarini soʻraymiz.

Isitish tarmoqlaridagi nosozliklar haqida (78) 129-01-85 telefon raqami orqali xabar bering.

Yangilangan jadval bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.



Продление сроков гидравлических испытаний тепловых сетей

Уважаемые жители Ташкента!

В связи с ремонтными работами ООО «Таштеплоцентраль» и связанными с ними остановками поставки горячей воды, мы продлеваем сроки проведения гидравлических испытаний тепловых сетей.

Испытания будут проводиться без отключения горячего водоснабжения в период с 3 июля по 22 сентября 2023 года.

Как мы информировали ранее, испытания проводятся с целью выявления дефектов на трубопроводах и их последующего устранения в рамках качественной подготовки к отопительному сезону.

В ходе проведения испытаний возможны повреждения трубопроводов и выбросы горячей воды на дороги и тротуары. Просим водителей, пешеходов и людей, находящихся в административных и жилых зданиях, соблюдать осторожность.

О неисправностях на тепловых сетях просим сообщать по телефону (78) 129-01-85.

С обновленным графиком можно ознакомиться тут.