Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Umurzoqov “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovining | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Shavkat Umurzoqov “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirladi

Bugun Uchtepa tumani madaniyat saroyida “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda poytaxtimizdagi faol xotin-qizlar, “Oqila ayollar” yetakchilari hamda tadbirkorlik yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishayotgan va olima ayollar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov tadbir ishtirokchilari bilan muloqot qilib, olima ayollarimiz erishayotgan yutuqlar va ularning faoliyati samarali bo‘lishi uchun hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar borasida fikr almashdi. Shuningdek, tadbirkor xotin-qizlarning faoliyat yo‘nalishlariga qiziqib, biznesdagi natijalar va muammolarga e'tibor qaratdi. Qizqin muloqotdan so‘ng tadbirning tantanali qismi bo‘lib o‘tdi. Unda “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovining Toshkent shahar bosqichida ishtirok etgan olima va tadqiqotchi ayollar, shuningdek, talaba qizlar 20 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.