Get Mystery Box with random crypto!

#rasmiymunosabat Aholi roziligisiz Yunusobod tumani 8-mavzeda | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

#rasmiymunosabat

Aholi roziligisiz Yunusobod tumani 8-mavzedagi qurilish amalga oshirilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida 8-mavze,17, 19 va 20-uylar oralig‘ida olib borilayotgan qurilish ishlaridan fuqarolarning noroziligi aks etgan xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Toshkent shahar hokimligi va vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan manzilga chiqib atroflicha o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 5-fevraldagi 187-sonli qarori bilan "FRANCHISING INVEST" MChJga Yunusobod tumani, 8-mavze 17, 19 va 20-uylar oralig‘idagi 1,23 gektardan iborat yer maydoni mavjud avtoturargohni o‘z hisobidan buzish va o‘rnatilgan tartibda yetkazilgan zararlarni qoplash hamda aholining roziligini olish sharti bilan ko‘p qavatli bino qurish uchun ajratib berilgan.
Guvohi bo‘layotganingizdek, aholi roziligini olish muhim shart sifatida belgilangan.
Shunga ko‘ra, quruvchi kompaniya bu hududdagi bunyodkorlik ishlarini shu hududda yashovchi aholining roziligi bilangina boshlashi mumkin.

19-may kuni Qurilish tashkiloti Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan qurilishni aholining roziligisiz boshlamaslik, aks holda loyiha va loyiha oldi hujjatlari bekor qilinishi xususida rasman ogohlantirildi.