Get Mystery Box with random crypto!

Ayni kunlarda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shah | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Ayni kunlarda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtimizning elektr ta'minoti tizimi uzluksiz va barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida keng ko‘lamli rekonstruktsiya va qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shu kunlarda Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab yangi elektr tarmog‘i qurilishi davom etmoqda. Shu munosabat bilan Amir Temur shohko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorahasida va shohko‘chaning Alisher Navoiy ko‘chasiga bo‘lgan oralig‘ida avtomobillar harakatlanishi uchun qimsan cheklovlar bo‘ladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shahar filiali noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.