Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 21-may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musoba | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Joriy yilning 21-may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan shahrimizdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

20-may kuni soat 10:00 dan 21-may kuni soat 11:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

21-may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
- Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.

Haydovchilardan uzr so‘ragan holda, ularga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site