Get Mystery Box with random crypto!

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining saks | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sakson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya kun tartibidan o‘ndan ortiq masalalar muhokamasi o‘rin olgan.

Xususan, Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tkazilgan aholi punktlarini kompleks rivojlantirish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari, 2024-2026-yillarda ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasining 2023-yil 1-chorak davomidagi faoliyati, jumladan, sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash holati kabi shahrimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, hududlardagi infratuzilma zamonaviy talablarga ega bo‘lishi, aholi turmush sifati yanada oshishiga xizmat qiluvchi masalalar muhokama etilmoqda.

Sessiya “Toshkent” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Tafsilotlarga keyinroq to‘xtalamiz.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site