Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! “Toshkent | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!

“Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ tomonidan 2023-yil bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari olib borilishi e'lon qilindi. Bu jarayonda ayrim hududlarda ichimlik suvi bosimi pasayadi yoki vaqtincha to‘xtatiladi.

Profilaktika-ta'mirlash tadbirlari aholiga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun bu jarayon haftaning ish kunlarida amalga oshirilishini ma'lum qilamiz. Juma, shanba va yakshanba kunlari poytaxtning hech bir hududida ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatilmaydi.

Bunday keng xajmdagi mavsumiy ta'mirlash ishlari yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatini va boshqa ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yaxshilanishiga olib keladi.

“Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ bu jarayonda yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site