Get Mystery Box with random crypto!

Yunusobod tumanidagi “Yo‘layriq” mahallasi nomini “Obihayot”ga | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Yunusobod tumanidagi “Yo‘layriq” mahallasi nomini “Obihayot”ga o‘zgartirish taklif etilmoqda

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yunusobod tumani hokimligining tuman hududidagi “Yo‘layriq” mahallasi nomini “Obihayot” nomiga o‘zgartirish bo‘yicha taklifi kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yunusobod tumanidagi “Yo‘layriq” mahallasi nomini “Obihayot” nomiga o‘zgartirish yuzasidan o‘z fikrini og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bildirishga taklif etadi.

Mahalliy aholi o‘z fikrini joriy yilning 28-aprel kunidan 12-may kuniga qadar bildirishi mumkin:

Оg‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo'li bilan.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site