Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon hayitingiz muborak! Bugun musulmon olamida muborak | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Ramazon hayitingiz muborak!

Bugun musulmon olamida muborak kun — Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti. Bu ayyom mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik va ezguliklar bayrami sifatida alohida qadrlidir.

Yurtimizda e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Barcha dinlar vakillari o‘z diniy bayramlarini emin-erkin nishonlab kelmoqdalar. So‘nggi yillarda yurtimizda masjidlar ko‘paydi, sharoitlari tubdan yaxshilandi, haj va umra ibodatlarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar oshdi, kvotalar ko‘paydi. Muborak Ramazon oyida ham ko‘plab hamshaharlarimiz Makka va Madinaga borib, Umra ibodatlarini bajarishdi.

Odatda, Hayit bayramida yaqinlar, qarindoshlar, do‘stu yorlar va bemorlar holidan xabar olinadi, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatiladi, o‘zaro samimiy tilaklar bildiriladi. Shu kunlarda bunday savobli yanada ko‘payishiga ishonaman.

Ushbu ulug‘ kunda barchangizni Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklayman! Muborak oyda qilgan ibodatlaringiz, ezgu duolaringiz ijobat bo‘lsin! Sog‘-salomat yuring, xonadoningizdan mudom tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasin, savobli ishlarda bardavom bo‘ling!

Yurtimizdagi tinchlik, taraqqiyot, xalqimiz farovonligi barqaror va bardavom bo‘lsin!

Yana bir bora hayitingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umurzoqov