Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT EʼLON ! Poytahtimizda joylashgan masjidlarda Ramaz | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

DIQQAT EʼLON !

Poytahtimizda joylashgan masjidlarda Ramazon Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan, mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarimizga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon Hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida, maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.

Hurmatli hamshaharlar!

Ramazon Hayiti namoziga tashrif buyurishda ushbu avtobuslardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Barchangizga kirib kelayotgan Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin !

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site