Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar boshq | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘lib, tumandagi kam ta'minlangan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar sharoiti, ularga ko‘rsatilayotgan yordamni o‘rgandi. Nogironlari bor xonadonlarga kirdi. Jumladan, “Yangi Avayxon” mahallasi Avayxon ko‘chasi 2-uy, 29-xonadon istiqomat qilayotgan Dilbar Sharofiddinova va Qorasuv-4 dahasi 1-uy 67-xonadonda istiqomat qilayotgan Sharofat Mechetina holidan xabar oldi. Ularning murojaatlariga asosan nogironlik aravachalarini topshirdi.

Ehtiyojmand xotin-qizlar bilan suhbat jarayonida ularning murojaatlariga asosan tibbiy ko`riklar tashkil etilishi va zarur dori vositalari etkazib berilishini bildirdi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site