Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov Yangihay | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamov, sektor rahbarlari va maxsus ishchi guruhi a'zolari bilan birgalikda tumanda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Mutasaddilar hududlarni ko‘zdan kechirish jarayonida mahallalardagi obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati, kommunal sohadagi muammolar, kanallar va ularga tutash hududlarni tartibga keltirishga e'tibor qaratdilar.

Ishchi guruhi tumandan oqib o‘tuvchi “Uzun ariq” va “Mirza ariq” kanallarida bo‘lib, ularning atrofini tartibga keltirish bo‘yicha mas'ullarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, tegishli tizim mutasaddilariga Toshkent viloyatidan Yangihayotga qo‘shilgan Xushnud mahallasidagi kollektorning o‘zanini tozalash hamda unga qo‘shimcha diametri 1 metrlik quvur yotqizish orqali bu hududda yog‘ingarchilik paytida kuzatiladigan suv toshishi holatining oldi olish yuzasidan topshiriq berdi va bugunning o‘zida bu ishlar boshlandi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site