Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahrining 4 ta tumanida ichimlik suvi ta'minoti to‘x | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Toshkent shahrining 4 ta tumanida ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatildi

Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta'mirlanish jarayonida ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi. Shu sababli 2023-yil 17-apreldan 19-aprel soat 9:00 gacha shahrimizning 4 ta tumanida ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatildi.


Sergeli tumanida:
“Jo`nariq”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa”, “Yuqori Darxon”, “Qut- baraka”, “Sug‘diyona”, “Qumariq”, “Oltinvodiy”, “Uchuvchilar” va “Bunyodobod” mahallalarida.

Yangihayot tumanida:
“Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Chorbog‘”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Iqbol”, “Fayzli” va “Toshkent” mahallalarida.

Yakkasaroy tumanida:
“Boshliq”, “Qushbegi” mahallalarida va Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qahhor ko‘chalarida.

Mirobod tumani:
“Temiryo‘lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site