Get Mystery Box with random crypto!

My.gov.uz’da firma yoki korxonaning bankrot yoki bankrot emasl | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

My.gov.uz’da firma yoki korxonaning bankrot yoki bankrot emasligini qanday tekshirish mumkin

Amaliyotda jismoniy shaxslar turli holatlarda firma va korxonalar bilan shartnomalarni imzolashlariga to‘g‘ri kelgan vaziyatlar ko‘p uchragan.

Kimdir yangi uy olganida, boshqa birov avtomobil ijarasida yohud xorijga ishga ketish niyatida tadbirkorlik sub'ektlariga ma'lum miqdorda pul ham o‘tkazib beradi.

Shu kabi vaziyatlarda shartnoma imzolash, turli to‘lovlarni amalga oshirishga shoshilmaslik muhim. My.gov.uz portalida tegishli xizmat yordamida barchasini tekshirib ko‘rish imkoniyati bor.

Portaldagi xizmat orqali korxona va firmaning STIR raqamini kiritib, uning haqiqatda to‘lovga qobiliyatli ekanligi, bankrot holatida emasligi, haqiqiy egasi va telefon raqami mavjudligini tekshirib olish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/721

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site