Get Mystery Box with random crypto!

Poytaxtimizda “Sog‘liqni saqlash – TIHE 2023” ko‘rgazmasi ish | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Poytaxtimizda “Sog‘liqni saqlash – TIHE 2023” ko‘rgazmasi ish boshladi

“Sog‘liqni saqlash – TIHE 2023” tibbiyotchilar uchun sohadagi yangi texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, shu yo‘nalishdagi mutaxassislar bilan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Ko‘rgazmada Germaniya, Daniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Bangladesh, Belarus, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Chexiya va Turkiya singari dunyoning 13 mamlakatidan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda.

Eng ko‘p kompaniyalar XXRdan tashrif buyurgan bo‘lib, ular sog‘liqni saqlash muassasalari uchun uskuna va jihozlar, stomatologik amaliyot vositalari, farmatsevtika sanoati uchun texnologiyalarni taqdim etmoqda.
Germaniya kompaniyalari esa yangi avlod laboratoriya jihozlarini, ortopedlarga tashhis qo‘yish va operatsiyani rejalashtirishda yordam beradigan dasturiy ta'minotni, shuningdek, farmatsevtika sanoati uchun qadoqlash materiallarini namoyish etmoqda.
Rossiyalik ishtirokchilar esa tele-tibbiyot sohasidagi yechimlarni, shifokorlarning kundalik ishi uchun axborot texnologiyalarini, reablitatsiya uskunalarini taqdim etdilar.

Shuningdek, ko‘rgazmadan zamonaviy tibbiyot mebellari, dori-darmonlar, kardiologik diagnostika uskunalari va sog‘lomlashtirish dasturlari o‘rin olgan.
Ko‘rgazma doirasida 2 kun davomida tibbiyotchilar uchun ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkaziladi.
Ko‘rgazma 15-aprelgacha davom etadi (shu kuni ham).

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site