Get Mystery Box with random crypto!

Avariyaviy holat tufayli Chilonzor tumanining ayrim mahallalar | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Avariyaviy holat tufayli Chilonzor tumanining ayrim mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatildi.

Chilonzor tumani G35 mavzesida joylashgan o'rta bosim d-100mmli bo'lgan gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Hozirda "Chilonzortumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan gaz sizib chiqish holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli Chilonzor tumanidagi "Guliston" MFY hududida joylashgan 22 ta ko'p qavatli uylardagi jami 1 108 ta aholi xonadonlarida hamda "Boxoriston" MFY hududida joylashgan 23 ta ko'p qavatli uylardagi jami 1 247 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatildi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati