Get Mystery Box with random crypto!

ATTO kompaniyasidan 'Non Stop' aksiyasi: transport kartasi orq | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

ATTO kompaniyasidan "Non Stop" aksiyasi: transport kartasi orqali yoʻl haqini to'lang va sovg'alarga ega boʻling

ATTO kompaniyasi keng ko'lamli yutuqli oʻyinni boshlaydi, unda SMS-xabarnoma xizmati ulangan holda ATTO transport kartasidan foydalanadigan Toshkentdagi jamoat transportining har bir yo'lovchisi avtomatik ravishda ishtirokchiga aylanadi.

Bizning aqlli tizim avtomatik ravishda tranzaktsiyalar boʻyicha omadlilarni aniqlaydi.

Asosiy sovrinlar ATTO kartasidan foydalangan oyning 100000, 250000, 500000, 750000 va millioninchi yo'lovchilariga beriladi.

Qimmatbaho sovg'alar orasida smartfonlar, fitnes bilakuzuklari, pauerbanklar, quloqchinlar va 100 ta bepul transportda yurish imkoniyati mavjud.

G'oliblar nomlari har oy aniqlanib boriladi. Oʻyin yozning oxirigacha - 10-maydan 10-avgustgacha davom etadi.

Aksiya faqat faollashtirilgan SMS-xabarnoma xizmati yoqilgan jamoat transporti kartalari o'rtasida oʻtkaziladi. Imtiyozli transport kartalari va bank kartalari oʻyina qatnashmaydi.