Get Mystery Box with random crypto!

Yakkasaroyda brifing bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 12 may kun | Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Yakkasaroyda brifing bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 12 may kuni soat 14:00da Yakkasaroy tuman hokimligida Toshkent shahar Yakkasaroy tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Jasurbek Qosimov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

Uning doirasida:

Aholi bandligini taʼminlash borasida 2020-2021 yillar davomida Yakkasaroy tumanida amalga oshrililayotgan ishlar yuzasidan hisobot berish;

2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturida belgilangan vazifalar hamda "Aholi bandligi to‘g‘risida" gi qonunning tumandagi ijrosi xususida maʼlumotlar berib o‘tiladi.

Mazkur Brifingda ishtirok etish uchun yoki bo‘lmasa mavzu yuzasidan savollaringiz bo‘lsa telegram orqali ushbu telefon raqamiga (99) 881-15-30 yuborishingiz mumkin.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati