Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 30-dekabr sanasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi | Poytaxt sardorlari I rasmiy

Joriy yilning 30-dekabr sanasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar yoshlar markazida maktab, tuman, shahar sardorlari hamda Toshkent shahrining faol yoshlari ishtirokida "Sardorlar karnavali" bo'lib o'tdi.

Tadbir O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Sh.Anvarov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas'ul xodimi M.Siddiqova va Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo'limi boshlig'i A.Ochilboyevning bayram tabriklari bilan boshlandi. Karnaval ishtirokchilari uchun tayyorlangan qiziqarli o'yinlar, kuy-qo'shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar tadbirning yuqori kayfiyatda o'tishini belgilab berdi.

Karnaval so'ngida yil davomida o'zining g'oya va tashabbuslari bilan barchaga o'rnak bo'lib kelgan, faol va fidoiy yoshlar maxsus sertifikatlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

#PoytaxtSardorlari #tashabbus #Karnaval

@Poytaxt_sardorlari_official