Get Mystery Box with random crypto!

Karimova Xanifa

Telegram kanalining logotibi portfolio_karimova — Karimova Xanifa K
Telegram kanalining logotibi portfolio_karimova — Karimova Xanifa
Kanal manzili: @portfolio_karimova
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 138
Kanalning ta’rifi

Murojaat uchun: @Kopirayter_Karimova

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-12 20:20:31 Vitamin D3 o'zi nima va nimaga kerak?

D3 vitamini — organizmda kalsiy so'rilishini yaxshilaydi, suyaklar va mushaklarning o'sishini rivojlantiradi.

D3 vitamini yetishmasligi bolalarda raxit kasalligini keltirib chiqaradi. Bu esa uning salomatligi uchun xavflidir. Bola organizmi D3 ni 80 foiz quyosh nurlaridan oladi.

Hozir qish va biz quyosh nurlarini qayerdan topamiz?

E'tiboringizga o'zida minglab quyosh nurlarini jamlagan — Bonny marmeladchalarini havola etamiz. Mahsulot bolalarda kalsiy va D3 yetishmovchiligini bartaraf etadi va raxitning oldini oladi.
178 views17:20
Ochish/sharhlash
2022-12-12 20:20:10 Ko'p onalarimizni qiynaydigan savol:

— Nima qilsam farzandim tez shamollamaydi, hadeb yo'talib, gripp bo'lavermaydi?

Aslida bolalarning "nozik" bo'lib qolishiga qisman o'zimiz aybdormiz. Ularni yoshlikdan chiniqtirmaymiz, sovuq kunlarda ochiq havoga olib chiqmaymiz, noto'g'ri taomnoma tuzamiz va hokazo.

Ishoning, aslida oddiy ko'ringan shu faktorlar muhim ahamiyatga ega.

Demak, bolangiz hadeb kasal bo'lishini istamasangiz:
Yoshlikdan chiniqtiring, ochiq havoda ko'p sayr qilsin;
Cho'milish, jismoniy mashqlarga rag'batlantiring;
Taomnomaga foydali mahsulotlar kiriting;
Har kuni farzandingizga EndoMarine kids mahsulotidan bering.

Sababi, EndoMarine kids bolalardagi tashqi muhitga chidamliligini oshirish, viruslarga tez taslim bo'lmasligi uchun, maxsus ishlab chiqilgan.
174 viewsedited  17:20
Ochish/sharhlash
2022-12-07 19:32:57
Kalsiy nimaga kerak?

Kalsiy — bolalar organizmi uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Usiz hujayralarning bo'linishi va oqsil sintezi jarayonlari yuz bermaydi, demak, go'dak o'sishdan to'xtaydi. Kalsiy yetishmovchiligi tufayli barcha modda almashinuvi jarayonlari izdan chiqadi, suyak va tishlarning shakllanishi kechikadi, natijada yondosh kasalliklar rivojlanib ketadi.

Ba'zi ota-onalar bor-ki, farzandi turli bo'r, tuproq yeyotganini ko'rib ham e'tibor berishmaydi.  Bu — bola organizmida kalsiy yetishmovchiligining belgilari bo'lib, vaqtida to'xtatib qolinmasa bolaning butun umriga ta'sir qiluvchi oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ammo Siz, farzandingiz sog'ligiga befarq bo'lmang. Bolada kalsiy yetishmovchiligi kuzatilyaptimi, darhol chora ko'ring. Ahir, uning sog'lom, raso bo'lib o'sishiga biz, ota-onalar javobgarmiz!
154 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-12-07 19:32:36 Kutib oling: Kalsiy + D3'ga boy "Bonny" marmeladli ayiqchalari!

Farzandingizda kalsiy, Vitamin D3 yetishmovchiligi sabab, aqliy va jismoniy rivojlanishida muammolar yuzaga kelyaptimi?

Qayg'urishga aslo hojat yo'q! E'tiboringizga tarkibi: kalsiy, Vitamin D3, pektin, novvot, asal, guava, sholg'om, rozmarin ekstraklari bilan boyitilgan — Bonny marmeladchalarini havola etamiz!

Bonny mahsulotining bola organizmiga ijobiy ta'sirlari:
— Organizmda kalsiy yetishmovchiligini oldini oladi;
— Suyak to'qimalarini mustahkamlaydi;
— Osteoporoz (suyaklar zichligini kamayishi) kasalligi rivojlanishidan himoya qiladi;
— Tishlarni sog'lomlashtiradi;
— Bo'y o'sishiga yordam beradi;
— Aqliy va jismoniy faoliyatni yaxshilaydi;
— Immunitetini mustahkamlaydi.
111 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-12-07 19:32:10
Bola organizmidagi gijjalarning turlari

Bolalar tug'ilgandan so'ng, uch-to'rt oy o'tgach, aktiv hayotini boshlashadi. Qo'liga ilingan narsani ushlab ko'radi, to'rt oyoqlab yuradi, barmoqlarini og'ziga soladi. Natijada parazitlarning tuxumlari organizmga tushib, gijja hosil qiladi.

Bolalarda asosan uch turdagi gijjalar ko'proq uchraydi:
1. Lyamblya. Bolalarda eng ko'p uchraydigan sodda parazit. Ishtahasizlik, ich qotishi, jizzakilik kabi belgilarda namoyon bo'ladi.

2. Askarida. Uzunligi 15 smgacha yetadi. Qovuzlog'da joylashib olib, tushayotgan ovqatlarni yeb qo'yadi va bolaga zarur vitaminlarni to'liq o'zlashtirishiga to'sqinlik qiladi.

3. Ostritsa. Hajmi juda kichik, noqulay sharoitga chidamli ostritsalar organizmda "Enteribioz" kasalligini keltirib chiqadi.

Ushbu gijjalar deyarli barcha bolada uchraydi, hatto Sizning farzandingizda ham! Agar undan qisqa fursatda samarali xalos bo'lishni istasangiz, Rikki antiparazitar vositasini tavsiya etamiz.
108 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-12-07 19:32:09
Asabiylashmang, bizda sinalgan usullari bor!

Farzandingiz asabiylashsa, sizni ham unga qo'shilib asabiylashishingiz to'g'ri emas! Uni sabablarini topib, tinchlantirishga harakat qilish kerak!

Agar atrof shovqin bo'lsa, sokin joyga olib chiqing. Bag'ringizga bosib, tinchlantiring.
Ohista allalash, massaj qilish ham yaxshi natija beradi.
Iliq suvda cho'miltiring, yoki, biror quvnoq musiqa, video qo'yib bering. Odatda bolalar bunday tomoshalarga tez aldanadi.
Shunda ham tinchlanmasa, shifokorga ko'rsating. Ko'pincha tug'ilish jarayonidagi asoratlar boladagi bosh og'rig'iga sabab bo'ladi.
Agar jiddiy kasallik yo'q bo'lsa, muntazam EndoMarine kids mahsulotini berib turing. Uning tarkibidagi tabiiy mahsulotlar boladagi yetishmovchiliklarni oldini oladi va asab tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
87 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-12-07 19:29:49 Gijjalarga qarshi kurashuvchi TOP 5 mahsulot!

Pirantel. 2 yoshdan oshgan bolalar uchun antiparazitar dori vositasi. Doza miqdorini shifokor belgilaydi. Nojo'ya ta'sirlari: ayrim hollarda qorin pastki sohasidagi og'riq, ko'ngil aynishi, ko'z o'tkirligi pasayishi, gallyutsinatsiyalar va hokazo.

Vermoks (mebendozol). Ostritsa va askaridalarga qarshi kurashuvchi dori vositasi. 2 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun. Davolanish muddati 3 kun. Nojo'ya ta'sirlari: ba'zi hollarda immun tizimidagi o'zgarish, allergik reaksiyalar, soch to'kilishi va boshqalar. Homiladorlikda va laktatsiyada qo'llanilmaydi.

Albendozol. Og'ir parazitar gelmentozlarda qo'llaniladi, Vermoks bilan bir xil ta'sirga ega. Preparat qat'iy shifokor tomonidan, statsionar holatda buyuriladi. 2 yoshdan oshgan bolalar uchun.

Dekaris (levomizol). Keng spektrdagi gelmentozlarda qo'llanadi. 3 yoshdan oshgan bolalar uchun. Preparat kuchli toksik xususiyatga ega. Nojo'ya ta'sirlari: sudorgi, jigar funksiyasining buzilishi, bo'g'imlardagi kuchli og'riq.

Rikki. Tarkibi papaya, pektin, achchiq tarvuz ekstraktiga ega tabiiy antiparazitar vosita. 2 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Mahsulot marmelad shaklida bo'lib, kuniga 2-3 mahal iste'mol qilinadi.
85 views16:29
Ochish/sharhlash