Get Mystery Box with random crypto!

Ssenariy Kopirayteringizni ilk ijodiga baho berasizmi B R R H | Xakimova Gulnoza | Portfolio

Ssenariy Kopirayteringizni ilk ijodiga baho berasizmi

B R R Hayotda qiynalmay desangiz fikrlaringizga e'tiborli bo'ling

Ofisda ishlari ko'payib ketgan psixolog derazadan qarab kech bo'lganini ko'rib narsalarini yig'ishtirib, uyiga shoshilayotgandi. Ko'chaga qorog'ulik tushayotgan va yo'l chetida bir ayol yuzini to'sib olgancha yig'laydi. Psixolog uni qayg'usini ko'rib befarq o'tib ketolmay uni asta yoniga o'tiradi va ayolga dastro'mol tutadi. Shunda ayol asta boshini ko'tarib: "Assalomu alaykum siz___ psixolog siza deydi. Menga sizni yordamingiz kerak judayam kerak " deya yig'lab yuboradi. Albatta qo'limdan kelsa Alloh Qodir qilganicha deganida ayol asta o'z taqdirini aytib beradi: onamlar yoshlik chog'larimizda vafot etganlar, ko'p o'tmay dadajonim uylandilar oilada katta farzand edim, o'gay onam kelganlaridan keyin dadamlar bizga borgan sari begonalashib borardilar. Turmush yoshiga ham yetib qolganimda dadajonim o'zlarining boshliqlarini erkatoy o'g'liga roziligimni ham so'ramay qat'iy ohangda bermoqchiliklarini va rozi bo'lishim shartligini aytdilar deya ko'z o'ngida o'tmishi jonlanadi.

"Boy oilani farzandi  jon deb shu yigitga turmushga chiqasan " otasi qat'iy ohangda, qiz jimgina rozi bo'ldi. To'y ham o'tdi, yangi kelinchak uy yumushlarini bajarayotganda eri mast holda eshikni taraqlatib kirib kiyimlarini otib "xey yig'ishtir "deydi, kelinchak nega " mastsiz" desa yigit "sen kimsan meni so'roqlaysan, menga nega turmushga chiqqaningni bilmaydi deb o'ylaysami ,boyligim uchun sen bechora menga chidab yashashga majbursan bilding " shu kundan boshlab meni "Xey deb chaqiradilar uyga doim kech keladilar, mast alast yuradilar, men yoqmasam nega uylandiz desam" - "xey senga onamni deb uylanganman" deydilar, oyijonga chiqib aytib yig'lasam: " Shunga nima bo'pti jon deb yashamaysizmi" deb eshitishni ham istamaydilar borgan sari bu oilada menga faqat ish buyurishar faqat mehnatim kerakdek o'rnim va qadrim also yo'q edi. Bu orada ikki qizim dunyoga keldi o'zingni qadring bo'lmasa bolalaring ham suyumli bo'lmas ekan ular bilan doim uyda alohida ovqatlanamiz, birga o'tirishga xarakat qilsam qaynonaoyijonim ish buyurib oilaviy birga o'tirishimizni hoxlamasdilar. Bu uyda men xuddi uy yumushlarini bajaruvchi ishchidek xech qadrimi va kerakligimni sezmasdim. Arazlab uyimga borib dadamlarga aytsam: "chidaysan Jon deb yasha" deya eshitishni ham istamasdilar. Bu orada uchinchi farzandim dunyoga kelish aradasida tug'ruqxonadaligimda turmush o'rtog'im telefon qilib agar yana qiz tug'sang olib kelgani bormayman dedilar. Afsuski uchinchi farzandim qiz tug'ildi va meni olgani hech kim kelmadi ota uyimga borsam ular ham hushlamay og'rinib kutib olishdi va otam tezda meni erimnikiga tashlab ketdilar. Endi erim oshkora hiyonat qiladigan yonimda ham qizlar bilan telefonda gaplashadigan bo'ldilar. Hatto qizlariga pul sarflash kerak bo'lsa telefon qilib manashuncha pulni eshikka olib chiq derdilar qarasam mashinalarida har safar har xil qizlar, oxiri chiday olmadim hozir ham pul olib chiqib berib boshim oqqan tomonga ketaman qachongacha chidash mumkin? nima uchun sabr qilyapman o'zi?  yana nima qoldi ko'rishim kerak bo'lganu shuni kutayapman? deya yig'lay yig'lay sizni ofisingiz  yoniga keldim televizorda sizni ko'p ko'rganman va maslahatlariz menga umid berardi. Oldingizga kirgani jur'atim yetmay turgandim opajon deya g'amli xikoyasini tugatadi.

Keling asli bu vaziyat qayerdan kelib chiqqanini psixoligik usullar yordamida aniqlab olamiz deya ayol bilan psixolog birga ishlay boshlaydi. Ayol va psixolog: Psixolog: Otalarimiz bizni hayotimizdagi birinchi erkak va bizni erkaklar bilan munosanatimiz asosi hisoblanadi. Otangizga nisbatan nimani his qilsangiz bu boshqa erkaklarda ham davom etadi va hatto moddiy holatingiz yaxshi yoki yomonligiga ham ta'sir ko'rsatadi. Keling siz bugun otangiz bilan munosabatlaringizni ko'rib chiqing va ulardan hafagarchilik o'tgan bo'lsa barchasini unitib ularni chin qalbdan kechiring
Ayol juda qiynaladi psixolog takror va takror yordam beradi va u otasini  kechiradi.

Davomi qiziquvchilar reaksiyasiga ko'ra