Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoya aytib berish Qalb kasbim - Kopirayting Odatiy kunlar | Xakimova Gulnoza | Portfolio

#Hikoya aytib berish

Qalb kasbim - Kopirayting

Odatiy kunlarimda ayollik vazifalarim - ayollik, onalik, kelinligi- u , kasbiy vazifalar va yangi tug'ilajak farzandim uchun yoqimligina xarajatlar bularni o'ylab mamnungina shukur qilaman. Lekin masalaning ikkinchi tomoni mas'uliyat va qanday xarajatlarni qoplash? 
O'ylab ko'rish kerak tabiatdan onlayn kasblarga qiziqaman va qisman Kopirayter kasbi bo'yicha tushunchaga egaman. Asta bu soha vakillaridan asosiy tushunchalar va qanday bunda natijalar olish xaqida bilimlarni o'rganib angladimki, menga juda ma'qul va bu kasbni o'rganishim kerak.
Ma'lumotlar asrimizda kerakli bilimlarni egallab bu kasbning naqadar serqirra ekanini bildim va rivojlanish uchun rivojlanganlar tavsiyasiga ko'ra kanallar tashkillab o'zimni yangi kasbiy faoliyatimni boshladim.
Albatta barchamizda kasbni tanlashda moddiy jihatini ham e'tiborga olamiz, lekin ma'naviy foydalarim juda yuqori yozganim sari o'zimga xos va mos bo'lgan g'oyalar meni rivojlantirmoqda va bu o'zgacha ichki surur va quvonchli hislarni bermoqda.
Kasbda mazza qilib ishlashni debochasi aynan shudir.Psixologiyada qalb kasbini topganlar kasbida mazza qilib ishlashi va muvafaqqiyatlarga erishishida muhim. 

Men Kopirayter atalmish qalbimni rohatlantiruvchi kasbda faoliyatimni boshlaganimdan, izlanish va rivojlanishda ekanimdan shodman.
Barchangizga qalb kasbingizda avvalo shaxs sifatida va kasbiy rivojlarga erishishingizni tilab qolaman.

@Gul_noza8790 - Zamon bilan hamnafas