Get Mystery Box with random crypto!

​​IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizlig | POMUQLIKLAR 24/7

​​IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur video xodimlar tomonidan o‘rganilib, haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan Dilmurod Nishonovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128⁵-moddasi 2-qismi bilan chora ko‘rildi.

“Holatda aks etgan barcha ishtirokchilarning xatti-harakatiga huquqiy baho beriladi, mazkur yo‘nalishda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu videolavhani tasvirga olgan transport vositasi haydovchisi hamda "Nexia 3" rusumli avtomobilni boshqargan haydovchilarning shaxsini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda, ularning harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.

Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

P.S. Videoga olgan mashina haydovchisini Renjga qoʻllanilgan jarimani toʻlatish uchun qidirayotgan boʻlsalar kerak. Neksiya 3 haydovchisi esa jabrlangani uchun javobgar boʻlish ehtimoli bor.

Tarmoqda 2 oy oldin olingan yana bir video tarqaldi. Unda "Range Rover"dagi 01517LJA davlat raqami boshqa avtomobilda, kuyov fonidagi (orqasidagi) avtomobilda turgani koʻrinadi. Qoidabuzarni videoga olgan avtomobil haydovchisi qidirilishini sababi balki shudir. Yana bilmadim. Susanbilda tasodiflar - tasodif emas, deyishadi.

@pomuqliklar