Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Toshkent poli | Toshkent Politexnika muzeyi

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!
Toshkent politexnika muzeyi sizlarni 24 fevral kuni tashkil etilayotgan ilk odamsimon robot-android yaratuvchisi bo’lmish fransuz mexanigi Jak de Vokanson tavallud kuniga bag’ishlangan robotlar konkurs-ko’rgazmasiga taklif etadi.

Muzey mehmonlariga o’z ixtirolarini maktab o’quvchilari, kollej va texnik oliygohlar talabalari taqdim etadilar.
Aslida, ushbu bayramni nishonlash Toshkent politexnika muzeyida allaqachon odatiy an’anaga aylangan.
Biroq ushbu tadbir shunchaki oddiy ko’rgazma yoki bayram emas. Muzey har yili iqtidorli yoshlarning qiziqarli loyihalarini payqash, bolalarning texnik ijodiyotga bo’lgan qiziqishini rag’batlantirish va omma e’tiborini ularning eng iqtidorlilariga qaratishdir.
Ko’rgazma soat 12:00 dan 17:00 gacha davom etadi.

Manzil:Amir Temur Shox ko'chasi 13.

Tel: (55)500-01-14

Telegram | Instagram | Facebook