Get Mystery Box with random crypto!

Taniqli dublyaj aktyori Sanjar Sa'dullayev vafot etdi. Bu haqd | Po'lat Alemdar

Taniqli dublyaj aktyori Sanjar Sa'dullayev vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro xabar berdi.

Marhumning janozasi bugun, 4 dekabr kuni «Minor» masjidida peshin namozi vaqtida o‘qiladi.

Sanjar Sa'dullayev 1954 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ostrovskiy nomidagi Toshkent Teatr va rassomchilik institutining drama va kino bo‘limini tugatgan.

S.Sa'dullayev ijodiy faoliyati davomida O‘zbekiston televideniyesi, davlat radiosida mehnat qilgan. U dublyaj sohasida yuzlab kino, hujjatli film va seriallarga ovoz bergan.

Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.