Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 26-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari u | Po’lat Omanov | Personal blog

Joriy yilning 26-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida
“Vatanimiz ravnaqi yo’lida xalqimizga kamarbastamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini Sharq filologiyasi fakulteti dekani P.Omanov “Vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun mehnat qilgan odam hech qachon kam bo‘lmaydi. Bugun xalqimiz bir mushtdek jips. Hamma o‘z sohasida mamlakat rivojiga hissa qo‘shmoqda." deya davra suhbatini ochib berdi.

Ma'ruzani xalqimiz suygan shoir Mirzo Karim "Biz qanday marraga erishmoqchi bo'lsak, unga faqat ona yurtimizga mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik bilan erishamiz" deya davom ettirdi.

Shunigdek davra suhbatiga xalq suygan yozuvchi To'lqin Eshbek ham tashrif buyurdilar. "Vatanimiz oʻz oʻrnini topib, jahon sahnasida Oʻzbekiston degan nomni mustahkamlaguncha nimalarga duch kelmadi, nimalarni yengib oʻtmadi" deya tadbirni yakunladi.

Tadbir so'ngida mehmonlarimizga fakultet dekani tomonidan tashakkurnoma topshirildi.

Sharq filologiyasi fakulteti matbuot kotibi Zafar Tolliboyev

Bizga qo‘shiling

https://t.me/polat_omanov