Get Mystery Box with random crypto!

ODDIY QOIDALAR 1. Agar sizga sizni hech kim yaxshi koʻrmaydig | Pok Qalb

ODDIY QOIDALAR

1. Agar sizga sizni hech kim yaxshi koʻrmaydigandek tuyulsa, aslida siz oʻzingizni yetarlicha yaxshi koʻrmaysiz.
2. Atrofdagi hamma narsa gʻashingizga tega boshlasa, demak oʻzingizdagi nimadandir norozisiz.
3. Qachonki kimdandir hafa boʻlsangiz, siz oʻsha odamdan emas, balki undan kutgan umidlaringiz amalga oshmaganidan hafa boʻlasiz.
4. Agar baxtli boʻlishim kimgadir bogʻliq deb oʻylasangiz demak yetarli darjada erkin, mustaqil emassiz.
5. Negativ hayotdan, pozitiv hayotga tez oʻtishning eng yaxshi yoʻli oʻzingizdagi bor narsalarga shukur qilishdir.
6. Sevgi talab qilinmaydi, soʻralmaydi. U shunchaki tuhfa etiladi.
7. Kim bilandir dardingizni boʻlishsangiz u ikki marta kamayadi. Quvonchingizni boʻlishsangiz u ikki marta koʻpayadi.

@pokqalib