Get Mystery Box with random crypto!

Er-xotin oʻrtasida sevgi-muhabbat va shahvoniy joziba qolmasa | Pok Qalb

Er-xotin oʻrtasida sevgi-muhabbat va shahvoniy joziba qolmasa ham mehr-shafqat boʻlishi kerak. Ana shu narsa oilani ushlab turadi.
Baʼzan koʻrasiz, er nogiron, hech narsaga yaramaydi. Xotin oʻzini oʻylab ajrashib boshqasiga tegishi mumkin, ammo ajrashmaydi. Oxirigacha eriga qaraydi, va shuning aksini ham koʻrish mumkin...

Tasavvur qiling koʻchada ojiz bir mushukcha topib oldingiz. Bechora ochlikdan ozib ketgan, u yoq bu yogʻi lat yegan. Shunday tashlab ketishga koʻzingiz qiymaydi. Uyga olib borib unga qaraysiz, boqasiz. Sizga bundan hech qanday foyda yoʻq. Ammo Alloh uchun mehr koʻrsatasiz.
Ahli oilamizga ham eng kamida shunday shafqatli va mehribon boʻlishimiz lozim.

Muhtaram erkak balkim ayolingiz sizni oʻziga tortmay qoʻygandir. Ammo shuncha yil birga yashadingiz, lazzatini totdingiz. Endi bu yogʻiga sevgi boʻlmasa ham kamida mehr-shafqat koʻrsatishingiz kerak.
Yomon muomala qilishga, tahqirlashga mutlaqo haqqingiz yoʻq.

Faiziddin Moʻmin

@pokqalib | Ibratli Xikmatlar va Xikoyalar...