Get Mystery Box with random crypto!

​BIR ODAMNI BIR ODAM Qanday yaxshi, birodar, Odamzodning yura | Xazinai she'riyat✍💝

​BIR ODAMNI BIR ODAM

Qanday yaxshi, birodar,
Odamzodning yuragi – 
Bir odamni bir odam
Jondek yaxshi ko‘radi.

Bir odamni bir odam,
Sevib qolar tanishsa.
Bir odamni bir odam,
Sog‘inar ayro tushsa.

Birov ketsa oradan,
Birov unga yig‘laydi.
Bir odamdan bir odam,
Borib kengash so‘raydi.

O‘q otilsa birovga,
Jonin qo‘yib garovga.
Yetib borar suyovga,
Bir odamni bir odam.

Yaxshilik gul ocharmi,
Xalqlar totuv yasharmi,
Suymaganda agarda,
Bir odamni bir odam!

Sipqorib mehr kosasin,
Toshyuraklar yumshasin,
Doim sevib yashasin,
Bir odamni bir odam!

Ibroyim Yusupov (Ma’ruf Jalil tarjimasi)

https://t.me/poem22fromus