Get Mystery Box with random crypto!

#Lesson23 Future Simple (Ishlatilishi) 1) Will hozirgi zamon | Presidential Schools English tests

#Lesson23
Future Simple (Ishlatilishi)
1) Will hozirgi zamon uchun ishlatilganida xushmuomalalik bilan so’ralgan iltimosni ifodalaydi va so’roq gap mazmunini bermaydi.
Will you please take this to Nick?
2) Endigina bajarilay deb turgan ish-harakatlar uchun
just/just about to
to be about
to be on the point of
iboralari qo’llaniladi. Bu kelajakda sodir bo'lishini 80% aniqlikda aytadi.
The leaf is on the point of falling . (Barg tushib ketay deb turibdi)
3) Be to(am/is/are/was/were + to-infinitive)-rasmiy reja va qarorlar,qo’llanma,cheklovlar
uchun ishlatiladi.
The factory is to close for three weeks for repairs.
4) be due + to- belgilangan vaqtda sodir bo’ladigan rejalar: jadvallar,rasmiy kelishuvlar
uchun ishlatiladi.
The plane’s due to arrive in half an hour.
5) Be set to +yaqin kelajakda sodir bo’ladigan tele-yangiliklarda ishlatiladi.
The company is se to sign the contract.
6) be sure to/be bound to + kelajakda sodir bo’lishi aniq voqealarga ishlatiladi.
There is bound to be trouble.

@PMTESTS_ENGLISH kanalida o'zingizga kerak bo'lgan ma'lumotlarni topishingiz mumkin.