Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari qachon chiqadi | Presidential Schools English tests

Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari qachon chiqadi

Al-Xorazmiy va yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablar natijalari e'lon qilindi. Hatto, universitetga topshirgan 1 mln.dan ortiq abituriyentlar natijalari ham e'lon qilindi. Ammo, kichik abituriyentlarning 2-avgustda bo'lib o'tgan PREZIDENT MAKTABI asosiy imtihon natijalarining e'lon qilinish sanasi hozircha aniq emas.

Prezident maktablari to‘g‘risidagi NIZOMning 5-bob 43-bandiga ko'ra, imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida natijalar e'lon qilinishi kerak. Nizom bo'yicha natijalar 2-sentyabrgacha e'lon qilinishi lozim. Oldingi yillarda qanday holat kuzatilgan?
2019-yilda 24-iyulda yakunlangan Asosiy imtihon natijasi 20-avgustda e'lon qilingan (27 kun).
2021-yilda 21-22-avgust kunlari bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 18-sentabrda e’lon qilindi. (27 kun)
2022-yilda Asosiy imtihon 2-avgustda bo’lib o’tdi. 26 kun vaqt o’tishiga qaramasdan natijalar hali ham e’lon qilinmadi.

Oldingi yillar an'anasi takrorlansa, natijalar ertaga e'lon qilinishi mumkin. Ammo, bu haqida hozircha biror yangilik yo'q. Natijalar tez kunlarda e'lon qilinishiga va NIZOMda belgilangan muddatdan kechikmasligiga umid qilamiz.



T.me/pmtests